Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 28 apreldagi “Moddiy yordam va ko'makka muhtoj oilalarni, xotin-qizlar va yoshlarni ijtimoiy qo'llab-quvvatlash bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi qarori ijrosini ta'minlash maqsadida “Mahalla” xayriya jamoat fondi Xorazm viloyat bo'limi, fondning Urganch shahar bo'linmasi hamda 8-maktabgacha ta'lim muassasasi va “Feruz-Xorazm” mas'uliyati cheklangan jamiyat ta'sischilari tashabbusi bilan Urganch shahridagi “O'zbekiston zamonaviy san'at muzeyi”da “Yangi O'zbekistonda erkin va farovon yashaylik” shiori ostida bolajonlar uchun “Hech kim mehr va e'tibordan chetda qolmasin” nomli ma'naviy-ma'rifiy xayriya tadbiri o'tkazildi.
Ma'naviy-ma'rifiy, xayriya tadbirda “Temir daftar”, “Ayollar daftari” hamda ijtimoiy kam ta'minlangan va yordamga muhtoj oilalarning farzandlari va ularning ota-onalari ishtirok etdi.
O'tkazilgan ma'naviy-ma'rifiy, xayriya tadbir bolajonlarni yetuk, barkamol, yurt uchun nafi tegadigan qilib tarbiyalashda, qolaversa, yoz faslini maroqli tarzda o'tkazishlari uchun katta motivatsiya bo'ldi.
Ma'naviy-ma'rifiy, xayriya tadbirda badiiy jamoalarning teatrlashtirgan chiqishlari, yangragan va ijro etilgan kuy-qo'shiqlar bolalarga bir olam quvonch bag'ishladi. Shundan so'ng, fond, uning bo'linmasi va homiylarning qimmatbaho sovg'alari bolajonlarga tortiq etildi.
“Mahalla” xayriya jamoat fondi
Xorazm viloyat bo'limi matbuot xizmati