Hech kim kutmagan natijalar

    Germaniya basketbol bo'yicha jahon chempioni

    Basketbol bo'yicha navbatdagi jahon chempionati Filippin, Yaponiya va Indoneziyada bo'lib o'tdi. Chempionat keskin o'tishi avvaldan taxmin qilingandi. Lekin bu qadar kutilmagan natijalar qayt etilishini hech kim kutmagandi.

    Yarim finalda chempionat favoriti AQSHni mag'lub etgan Germaniya finalda Serbiyani ham 83:77 hisobida engdi va o'z tarixida ilk bor jahonning tengsiz jamoasiga aylandi.

    Chempionlikka asosiy da'vogar AQSH 3-o'rin uchun kechgan bahsda ham mag'lubiyatga uchradi. Ular qo'shnilari Kanadadan 127:118 hisobida engildi. Kanada ham o'z tarixida birinchi marta jahon chempionati sovrindori bo'ldi.