Basketbol bo'yicha navbatdagi jahon chempionati  Filippin, Yaponiya va Indoneziyada  bo'lib o'tdi. Chempionat keskin o'tishi avvaldan taxmin qilingandi. Lekin bu qadar kutilmagan natijalar qayt etilishini  hech kim kutmagandi.

Yarim finalda chempionat favoriti AQSHni mag'lub etgan Germaniya finalda  Serbiyani ham 83:77 hisobida engdi va o'z tarixida ilk bor jahonning tengsiz jamoasiga aylandi. 

Chempionlikka asosiy da'vogar AQSH 3-o'rin uchun kechgan bahsda ham mag'lubiyatga uchradi. Ular qo'shnilari  Kanadadan  127:118 hisobida engildi. Kanada ham o'z tarixida birinchi marta jahon chempionati sovrindori bo'ldi.