Prezident soʻzga chiqqan tadbirkor va ishbilarmonlarga bildirgan fikrlari, yangi-yangi ish oʻrinlari yaratib, odamlarni daromadli qilishga, kambagʻallikni qisqartirishga qattiq bel bogʻlashga tayyorligi uchun minnatdorlik bildirdi.
«Sizlar tinch, erkin va farovon hayotimiz garovisizlar, desak, oʻylaymanki, mubolagʻa boʻlmaydi.
“Tadbirkor – elga madadkor” degan naqlda chuqur maʼno bor. Lekin, shunday katta masʼuliyatni zimmasiga olgan tadbirkorni oʻziga kim madadkor? Agar qaysi hokim oʻz hududining gullab-yashnab, taraqqiy topishini istasa, avvalo, tadbirkor va yana bir bor tadbirkorga chinakam madadkor boʻlishi kerak.
Hurmatli tadbirkor va ishbilarmonlar, hech narsadan choʻchimang. Biling, ortingizda Prezident turibdi!», — dedi davlatimiz rahbari muloqot yakunida.
Koʻtarilgan masalalar boʻyicha qonun loyihalarini ishlab chiqishni jadallashtirish muhimligi taʼkidlandi. Hukumatga muhokama qilingan masalalar yechimiga qaratilgan barcha hujjatlarni oʻz vaqtida va sifatli kiritish topshirildi.