Koʻrgazmada muzey fondlarida saqlanayotgan Ikkinchi jahon urushi yillariga tegishli materiallardan iborat plakatlar, fotolavhalar, eskizlar, kartina va harbiy soha vakillarining shaxsiy buyumlaridan tashkil topgan eksponatlar namoyish etilmoqda.
Koʻrgazma joriy yilning iyun oyiga qadar davom etadi.
Shuningdek, Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyi filiali Toshkent muzeyida ham “Xotira va qadrlash” kuni munosabati bilan “Har bir inson qadri uchun” mavzusida tadbir ham oʻtkazildi. Tadbirda Olmazor tumani Respublika Nuroniylar jamgʻarmasi aʼzolari va Shayxontohur tumani 84-umumtaʼlim maktab oʻquvchilari mehmon boʻldi.