- Vatanimizning bugungi va ertangi taqdiri, farzandlarimizning kelajagi sizlarning saylovdagi ongli ishtirokingizga, fuqarolik pozitsiyangizga bogʻliq.

Ishonaman, bu saylov sizlarning faol ishtirokingiz bilan bugun biz intilayotgan Yangi Oʻzbekiston, Uchinchi Renessans sari tashlangan yana bir ulkan amaliy qadam boʻladi.

Hech qachon unutmang, saylash va tanlash huquqi – sizning qoʻlingizda. Kelajak uchun masʼuliyat esa – barchamizning zimmamizda.

Ana shunday buyuk hissiyot, ishonch-eʼtiqod bilan harakat qilsak, bizdan xalqimiz ham, kelajak avlodlar ham albatta rozi boʻladi.

Yangi Oʻzbekistonimiz har tomonlama taraqqiy topgan, gullab-yashnagan goʻzal mamlakatga aylanadi.

Prezident nutqidan soʻng partiya delegatlari soʻzga chiqmoqda.