Suhbat chog'ida H.Loran xonim yangi O'zbekiston rahbariyati tomonidan bugungi kunda respublikada faoliyat olib borayotgan nodavlat notijorat tashkilotlarini, xususan iste'molchilik ijtimoiy harakatini har tomonlama qo'llab-quvvatlashga qaratilayotgan sa'y-harakatlarga yuqori baho berdi.
H.Loran Evropa va Osiyo iste'molchilarining II xalqaro forumini Buxoro va Samarqand shaharlarida o'tkazish, shuningdek, Toshkent shahrida Xalqaro iste'molchilar tashkilotining shtab kvartirasini ochish takliflarini ilgari surdi.
Uchrashuv davomida iste'molchilik ijtimoiy harakatini yanada rivojlantirish, bu borada o'zaro tajriba almashish borasidagi qator masalalar ham atroflicha muhokama qilindi.
Ma'lumot uchun: Xalqaro iste'molchilar tashkiloti 1960-yilda tashkil etilgan iste'molchilar tashkilotlarining global tarmog'i bo'lib, u dunyoning barcha qit'alaridagi 100 dan ortiq mamlakatlarning 200 dan ziyod iste'molchilar tashkilotini o'zida birlashtiradi. Tashkilot Birlashgan Millatlar Tashkilotida maslahatchilik maqomiga ega.
O'zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi 2018-yildan mazkur xalqaro tashkilotning to'laqonli a'zosi hisoblanadi.