Bundan bir muddat oldin Mahmud Xolboʻtayev 8-iyul kuni 10 ming dollar pora olayotganda DXX xodimlari tomonidan ushlanib, ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingandi. Hokim hibsga olingan boʻlishiga qaramay, 8—9-iyul kunlari uning nomi bilan 1,2 milliard soʻmdan ortiq pul ajratishga oid 5 ta qaror imzolangani haqida xabarlar tarqaldi.
“E-qaror” elektron tizimida 8—9-iyul kunlari haqiqatan ham Mahmud Xolboʻtayev nomidan imzolangan 5 ta mahalliy kengash qarori mavjud boʻlib, ularning ikkitasi (1, 2) u qoʻlga olingan 8-iyul kuni, uchtasi (1, 2, 3) esa 9-iyul kuni uning nomidan imzolangan.
Sharof Rashidov tuman prokuraturasi ushbu holat yuzasidan tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilayotganini maʼlum qildi.
"Toʻplangan hujjatlar boʻyicha qonuniy qaror qabul qilinishi viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan", deyiladi xabarda.








