Kanadalik Entoni Busharga qarshi bahsda hamyurtimiz vazari bahosi bilan ustun keldi va dzyudo boʻyicha terma jamoamizning mavsumdagi ilk medalini taqdim qildi. Taʼkidlash joiz, bu Hikmatilloh uchun “Masters” musobaqalaridagi ilk medaldir. Surxondaryolik polvonimiz shu bilan birga Tokio Olimpiadasi reytingi uchun 900 ochkoni ham oʻz hisobiga qoʻshib qoʻymoqda.
Umuman, kecha musobaqada ishtirok etgan vakillarimiz quyidagi reyting ochkolariga ega boʻldi:
-73 kg: Hikmatilloh Toʻrayev – 900
-81 kg: Sharofiddin Boltaboyev – 468
-81 kg: Kamoliddin Rasulov – 200
-70 kg: Gulnoza Matniyazova – 200.
Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi matbuot xizmati xabar berishicha bugun “Masters” musobaqasi oʻz yakuniga yetadi. Yaʼni bugun ogʻir vaznli polvonlar medallar uchun kurash olib boradi.
Bahslar davomida 2020-yil mamlakatimizning eng yaxshi sportchisi nomini qoʻlga kiritgan Davlat Bobonov (-90 kg), Muhammadkarim Xurramov (-100 kg) hamda Bekmurod Oltiboyevning (+100 kg) ishtirokiga guvoh boʻlamiz.
Vakillarimiz musobaqani quyidagi raqiblariga qarshi boshlashadi:
-90 kg: Davlat Bobonov – Hatam Abdulqahhor (Misr)
-100 kg: Muhammadkarim Xurramov – Kayxan Oʻzchichek-Takagi (Avstraliya)
+100 kg: Bekmurod Oltiboyev – Levani Matiashvili (Gruziya).