Rejiyoyor Hilol Nasimov “Bosh rolni yana o'g'liga beribdi” deganlarga o'z munosabatini bildirdi

    Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan suratga olingan “Meros” fil`mi iyul` oyida Hindistonda o'tkazilgan “Oltin tulpor” xalqaro kinofestivalida “Eng yaxshi xorijiy fil`m” nominatsiyasi bo'yicha g'olib bo'lgan edi.

    Fil`m ushbu kinofestivalda “Eng yaxshi rejissyorlik ishi” nominatsiyasi bo'yicha ham e'tirof etildi. Mazkur fil`m may oyida Rossiyada bo'lib o'tgan “Zolotoy Vityaz” kinoforumida “Qozoq va o'zbek xalqlari o'rtasidagi an'ana va munosabatlarning umumiyligi mavzusini ochib bergani uchun” maxsus diplom bilan taqdirlangan.

    Fil`m rejissyori Hilol Nasimov “Bosh rolni yana o'g'liga beribdi” deganlarga o'z munosabatini bildirdi:

    – Bosh rol` ijrochisi mening o'g'lim ekanini faqat O'zbekistonda bilishadi, xolos. Kinofestivalga esa aynan bosh rol` ijrochisining muvaffaqiyatli tuafyli taklif qilindik. Barcha xarajatlarni ham o'zlari to'lashdi. Taniqli kinorejissyor Sergey Rusakov o'g'limni sahnaga olib chiqib, “Tanishing, bosh rol` ijrochisi Fotih Nasimov!” deganida barcha tomoshabinlar chin dildan olqishladi. Hayajonlanganimdan, “Bu yigit mening o'g'lim”, deb uning elkasiga qoqib qo'ydim. Ba'zi san'atkor do'stlarimiz, “Nega hadeb o'g'lingni bosh rolga olaverasan”, deyishdi. Ularga shunday javob bermoqchiman, avvalo o'g'lim aktyor bo'lish uchun oliy ma'lumot olgan. Qolaversa, agar u o'z rolini eplamaganida xorijdagi ijodkorlar buni ochiq-oydin aytgan bo'lardi. Rejiyoyor sifatida mening talablarimga javob bergani uchun bosh rolga Fotih Nasimovni tanlaganman.