Muloqot davomida vazir iqtidorli oʻquvchilarni qoʻllab-quvvatlash tizimi haqida soʻz yuritdi va bunda maktab maslahatchilarining rolini alohida taʼkidladi.
Shuningdek, seminar ishtirokchilarining “Renessans“ bolalar oromgohida tajribali mahalliy va xalqaro ekspertlar ishtirokida tashkil etilgan mahorat darslari, top universitetlar strategiyalari (Portfolio, tadqiqot, amaliyotlar, darsdan tashqari mashgʻulotlar), xalqaro universitetlarga hujjat topshirish platformalari, ota-onalar va ustozlar bilan hamkorlikda ish olib borish, maktab maslahatchilari uchun foydali onlayn manbalar kabi takliflari tinglanib, shu kabi mavzularda soʻz yuritildi.
Taʼkidlash joiz, “Prezident iqtidorli farzandlari“ tashabbusi va uni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha milliy dastur asosida Prezident va ixtisoslashgan maktablardan 208 nafar maslahatchi umumtaʼlim maktablariga biriktiriladi va har yili eng salohiyatli 3 ming oʻquvchini tanlab oladi.
Mazkur oʻquvchilar AQSHning Garvard, Yel, Kolumbiya, Kornel kabi nufuzli oliygohlarga tayyorlanishi koʻzda tutilgan.
Maʼlumot oʻrnida: oʻquv mashgʻulotlarida 200 nafardan ziyod maktab maslahatchilari ishtirok etmoqda. Jarayonlar 30-mayga qadar davom etadi.











