Himoya orderi - bu tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarga davlat himoyasini taqdim etuvchi hujjat hisoblanadi. Himoya orderini rasmiylashtirish vakolati profilaktika inspektoriga berilgan.
Aniqlangan yoki kelib tushgan barcha zoʻravonlik holatlar yuzasidan maʼlumotlar hududiy profilaktika inspektori tomonidan oʻrganib chiqilib, 24 soat ichida himoya orderi berish choralari koʻriladi. Himoya orderi 30 kun muddatga berilib, shu muddat ichida havf bartaraf etilmasa, uni uzaytirish boʻyicha murojaatga asosan, yana 30 kun muddatga beriladi.
2021-yilning 4 oyi davomida 14 165 nafar xotin-qizga himoya orderi berilgan, 7 141 ta oila yarashtirilib,
5 431 ta nizo bartaraf etildi.
2020-yil yakunlari boʻyicha tazyiiq va zoʻravonlikdan jabrlangan jami 14 774 nafar xotin-qizga himoya orderi rasmiylashtirib berilgan.