Gap 17 nafar Xitoy fuqarosi, 17 nafar Indoneziya fuqarosi va besh nafar Filippin fuqarosi haqida bormoqda. Ular bedarak yo'qolgan deb hisoblanyapti. Ommaviy axborot vositalari ma'lumotlariga ko'ra, kema Xitoyning Penglai Jinglu Fishery Co kompaniyasiga tegishli, deyiladi mir24.tv saytida.
Hozirda qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda. XXR raisi Si Szinpin favqulodda vaziyat sodir bo'lgan joyga qo'shimcha qutqaruv kuchlarini yuborishni buyurdi, deya xabar bermoqda “Sinxua” axborot agentligi.