Payshanba kuni NDTV telekanalining manbalarga tayanib tarqatgan xabariga koʻra, mazkur qaror Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining COVAX dasturi doirasida dori vositalarini yetkazib berish qaroriga ham taʼsirini oʻtkazishi mumkin. Dastur koronavirusga qarshi vaksina bilan ahvoli bir muncha ogʻir mamlakatlarning taʼminlanishiga yordam berishni maqsad qilgan.

Telekanal manbaning “COVAX dasturi yetkazishni imkon qadar tezroq taʼminlash maqsadida Hindiston hukumati bilan muzokara olib boryapti. Lekin Hindistonda yaxshilanmaguncha hech qanaqangi eksport boʻlishi mumkin emas”, — degan soʻzlarini keltirgan. Shuningdek, bu vaqtinchalik chora ekanligi, keyinchalik dori vositasi eksporti davom etishi mumkinligi taʼkidlangan.

Hindiston Tashqi ishlar vazirligi va SII ushbu xabarni hozircha izohlamagan deb taʼkidlaydi NDTV.

Hozirgi vaqtga qadar COVAX dasturi Hindistondan 17,7 million doza AstraZeneca vaksinasini olgan. Hindiston 70 dan ortiq mamlakatga 60 million dozadan koʻp koronavirusga qarshi vaksina yetkazib bergan.

Hozir esa Hindistonning oʻzida koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish surati tez avj olganligi kuzatilyapti. Manbaning taxminiga koʻra, aynan mazkur sabab mamlakat rahbariyatini mamlakatning oʻziga kerak boʻlgan dori vositasi eksportini toʻxtatishga qaror qilishga undagan. Hozirgi vaqtda Hindistonda ikki turdagi vaksina ishlab chiqarilyapti: Covishield (AstraZeneca Britaniya — Shvetsiya kompaniyasi va Oksford universiteti tomonidan tayyorlangan vaksinaning mahalliy nomi), shuningdek Hindistonning Bharat Biotech kompaniyasi tomonidan tayyorlangan Covaxin vaksinasi. Undan tashqari yana taxminan 20 xil vaksina qoʻllanishga tayyorlanyapti. Ular orasida Rossiyaning “Sputnik V” vaksinasi ham bor, deb xabar beradi TASS.