Ayurveda instituti Hindiston xukumati tashabbusi bilan 2009 yilda tashkil etilgan bo'lib, 2017 yilda muassasaga milliy institut maqomi berilgan.
Hindiston Ayurveda institutida bir vaqtning o'zida akademik va amaliy faoliyat tashkil etilgan. Bugungi kunda institut tarkibida xalq tabobatining turli yo'nalishlarida magistratura va doktorantura bosqichlarida mutaxassislar tayyorlashga ixtisoslashgan oliy o'quv yurti va 200 o'ringa ega klinika mavjud.
Hozirga qadar ushbu institut 20 dan ortiq xalq tabobati yo'nalishidagi xorijiy ilmiy muassasalar bilan hamkorlik aloqalarini o'rnatgan.
Tashrif davomida institut direktori Tanuja Nesari bilan uchrashuv o'tkazildi. O'zbekistonda xalq tabobatini rivojlantirishga doir amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, xususan, yangi tashkil etilgan Respublika xalq tabobati ilmiy-amaliy markazi to'g'risida ma'lumot berildi. Ayurveda instituti direktori Tanuja Nesari O'zbekiston xalq tabobati ilmiy-amaliy markazi va boshqa tegishli tibbiyot muassasalari bilan yaqin hamkorlik aloqalarini o'rnatishga tayyorligini ma'lum qildi.
Hindiston Ayurveda instituti bilan hamkorlik o'rnatiladi
Hindistonning xalq tabobatini rivojlantirish borasidagi ilg'or institutsional tajribasini o'rganish maqsadida mamlakatimizning mazkur davlatdagi elchisi Dilshod Axatov Hindiston Ayurveda institutiga tashrif buyurdi.
O‘zbekiston dehqon va fermerlari hamda barcha qishloq xo‘jaligi xodimlariga
- Rustami Emomalini O‘zbekiston Respublikasining “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlash to‘g‘risida
- Oʻzbekiston Prezidenti Tojikiston parlamenti Majlisi milliy Raisini qabul qildi
- Dron texnologiyalarini iqtisodiyot tarmoqlariga keng joriy etish masalalari koʻrib chiqildi
- Toşkentda havo sifati yaxşilanişi kutilmoqda
- Koksaki virusi qanday kasallik va undan qanday himoyalaniş mumkin?