Ayurveda instituti Hindiston xukumati tashabbusi bilan 2009 yilda tashkil etilgan bo'lib, 2017 yilda muassasaga milliy institut maqomi berilgan.
Hindiston Ayurveda institutida bir vaqtning o'zida akademik va amaliy faoliyat tashkil etilgan. Bugungi kunda institut tarkibida xalq tabobatining turli yo'nalishlarida magistratura va doktorantura bosqichlarida mutaxassislar tayyorlashga ixtisoslashgan oliy o'quv yurti va 200 o'ringa ega klinika mavjud.
Hozirga qadar ushbu institut 20 dan ortiq xalq tabobati yo'nalishidagi xorijiy ilmiy muassasalar bilan hamkorlik aloqalarini o'rnatgan.
Tashrif davomida institut direktori Tanuja Nesari bilan uchrashuv o'tkazildi. O'zbekistonda xalq tabobatini rivojlantirishga doir amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, xususan, yangi tashkil etilgan Respublika xalq tabobati ilmiy-amaliy markazi to'g'risida ma'lumot berildi. Ayurveda instituti direktori Tanuja Nesari O'zbekiston xalq tabobati ilmiy-amaliy markazi va boshqa tegishli tibbiyot muassasalari bilan yaqin hamkorlik aloqalarini o'rnatishga tayyorligini ma'lum qildi.
Hindiston Ayurveda instituti bilan hamkorlik o'rnatiladi
Hindistonning xalq tabobatini rivojlantirish borasidagi ilg'or institutsional tajribasini o'rganish maqsadida mamlakatimizning mazkur davlatdagi elchisi Dilshod Axatov Hindiston Ayurveda institutiga tashrif buyurdi.
Abituriyentlar 2026-yil 25-iyuldan 8-avgustga qadar oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlaydilar
- Hakim Termiziy tavalludining 1200 yilligi keng nishonlanadi
- Yangi Andijonda 300 million dollarlik yirik investitsiya loyihasi amalga oshiriladi
- Buxoro shahrining bosh rejasi tasdiqlandi
- Toshkentning Qori-Niyoziy va Niyozbek yo‘li ko‘chalari chorrahasida transport harakati uch kunga qisman cheklanadi
- Boysundagi avariyani bartaraf etish bo‘yicha navbatdagi muhim qadam tashlanmoqda
Oʻzbekiston Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi
- Xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlaridan oʻqishni koʻchirish boʻyicha maxsus sinovlarning oʻtish ballari tasdiqlandi
- Oʻzbekiston va Belarus Prezidentlari samarali muzokaralar yakunlarini sarhisob qildilar
- Oʻzbekiston va Belarus munosabatlari strategik sheriklik darajasiga koʻtarildi
- Oʻzbekiston Prezidenti rasmiy tashrif bilan Belarusda boʻladi
- Oʻzbekiston Prezidenti Ozarbayjon bilan amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish muhimligini taʼkidladi