2023-yilda Hindistonda jahonda muqobili boʻlmagan suzuvchi quyosh elektr stansiyasi foydalanishga topshiriladi. Madxya-Pradesh hukumatining maʼlum qilishicha, Narmada daryosida quvati 600 MVt boʻlgan QES 2022-2023-yillarda qurib bitkaziladi.

Suzuvchi QESning quyosh panellari Omkareshvar suv havzasiga – 2 ming gektar hududga joylashtiriladi. Panellar joylashuvi suv sathi oʻzgarishiga qarab, avtomatik tarzda moslashtiriladi. QES kuchli toʻqinlarga dosh berish barobarida, uzluksiz ravishda elektr quvvati yetkazib berish imkoniga ega.

interpress.uz qayd etishicha, mazkur loyiha uchun 410 mln. dollar sarflanadi.