Uchrashuvda axborot texnologiyalari, texnoparklar va innovatsiya markazlarini rivojlantirish hamda boshqarish, IT-ta’lim va eng yangi texnologiyalarini joriy etish masalalarining joriy holati va kelgusidagi hamkorlikni rivojlantirishning harakatlar rejasi bo‘yicha fikr almashildi.

Tomonlar axborot texnologiyalari sohasida O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha ulkan salohiyat mavjudligi hamda bu borada barcha sa’y-harakatlarni safarbar etishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Uchrashuv davomida ikki tomonlama manfaatli istiqbolli yo‘nalishlar, jumladan, AKT masalalarida tajriba almashish, hamkorlikni kengaytirish va boshqa muhim masalalar muhokama qilindi, deb xabar beradi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati.