Hindiston Yevropa Ittifoqiga neft mahsulotlarini eksport qiluvchi ikkinchi yirik davlatga aylandi

    Joriy yilning yanvar-sentabr oylarida Yevropa Ittifoqi Hindiston neft mahsulotlarini xarid qilishni 2,5 baravarga oshirdi.

    Shu bois Hindiston Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga neft mahsulotlari yetkazib beruvchi davlatlar orasida ikkinchi o'rinni egalladi.

    Joriy yilning to'qqiz oyida Yevropa Ittifoqi Hindistondan 7,9 million tonna neft mahsulotlari import qildi, bu o'tgan yilgi ko'rsatkichdan 2,5 barobar va 2021-yilga nisbatan 3,3 barobar ko'pdir. Ya'ni neft mahsulotlari yetkazib berish o'tgan yilgi 3,3 milliard va 2021-yildagi 1,2 milliardga nisbatan 6,1 milliard yevroga oshgan.

    Yevropa Ittifoqiga neft mahsulotlari yetkazib berish hajmi bo'yicha Hindiston faqat Saudiya Arabistonidan ortda qolmoqda, xolos. Saudiya Arabistoni 8,7 milliard yevro qiymatidagi 11,7 million tonna neft mahsulotlarini yetkazib bergan. Bir yil avval Hindiston bu borada oltinchi, 2021-yilda esa yettinchi o'rinni egallagan edi.

    Hindiston neft mahsulotlarining asosiy importchilari Fransiya bo'lib, ular xaridni 1,6 baravarga – 1,37 milliard yevroga, Niderlandiya 1,5 baravarga – 1,34 milliard yevroga, Italiya 2,5 baravarga – 816 million yevroga hamda Ispaniya 2,3 baravarga – 635 million yevrogacha oshirdi, deb xabar beradi ria.ru.