Hindiston harbiy-dengiz kuchlari Gujarat qirg'oqlari yaqinida giyohvand moddalar ortilgan kemani to'xtatib qoldi

    Hindiston harbiy-dengiz kuchlari 3,3 tonna narkotik olib ketayotgan kemani to'xtatib qoldi, bu mamlakat tarixidagi eng yirik giyohvand moddalarni musodara qilish bilan bog'liq holatlardan biri hisoblanadi.

    Operatsiya Arab dengizida xalqaro dengiz chegarasi bo'ylab Hindiston harbiy-dengiz kuchlari, Gujarat antiterror otryadi va Giyohvand moddalarni nazorat qilish byurosi bilan hamkorlikda o'tkazildi.

    “Hindiston harbiy-dengiz kuchlari Giyohvand moddalarni nazorat qilish byurosi bilan kelishilgan operatsiyalarda qariyb 3300 kilogramm narkotik, xususan 3089 kilogramm charas (giyohvand moddasi), 158 kilogramm metamfetamin va 25 kilogramm morfinni olib ketayotgan shubhali kemani qo'lga oldi”, deb xabar berdi Hindiston harbiy-dengiz kuchlari vakili.

    Qayd etishicha, kema ekipaji qo'lga olinib, huquq-tartibot organlariga topshirilgan. Kemada qo'lga olingan besh kishi Eron yoki Pokiston fuqarolari ekanligi taxmin qilinmoqda, ulardan hech qanday hujjat topilmagan, deb xabar beradi report.az.