Keyingi yigirma yil ichida Hindistondagi qaramlik nisbati (mehnatga layoqatli aholi va bolalar va qariyalar soni o'rtasidagi nisbat) mintaqa iqtisodiyotlari orasida eng past ko'rsatkichlardan biri bo'ladi. Mamlakatda yoshlar va pensionerlarni qo'llab-quvvatlashga qodir kattalar soni mutanosib ravishda ko'paymoqda, bu esa ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish, xizmat ko'rsatish sohasini kengaytirish va infratuzilmani rivojlantirish imkonini beradi.
Bankning fikricha, texnologiya va innovatsiyalardagi taraqqiyot iqtisodiy o'sishning yana bir hal qiluvchi omili bo'ladi. Hindistonning nodavlat savdo assotsiatsiyasi – Nasscomнинг ma'lum qilishicha, 2023-yil oxirigacha texnologiya sanoati daromadi 245 milliard dollarga oshadi. Hisobotga ko'ra, bu o'sish axborot texnologiyalari, biznes-jarayonlarni boshqarish va dasturiy mahsulotlar hisobiga ta'minlanadi.
Goldman Sachs ma'lumotlariga ko'ra, investitsiyalar mamlakat rivojiga ham ta'sir qiladi. Qulay demografik ko'rsatkichlar asosida Hindistonning jamg'arma stavkasi qaramlik darajasining pastligi, daromadlarning o'sishi va moliya sektorining rivojlanishi tufayli oshishi mumkin. Bu keyingi sarmoyalarni rag'batlantirish uchun kapitalni taqdim etadi, deyiladi hisobotda.
Mutaxassislarning ta'kidlashicha, mamlakatda mehnat resurslarida ayollarning o'rni erkaklarnikidan ancha past, mamlakatda mehnatga layoqatli yoshdagi ayollarning atigi 20 foizi ish bilan ta'minlangan, deb xabar beradi sof.uz.