Toshqin tufayli shtatning turli hududlarida yuzlab odamlarni qolib ketdi. Bedarak yo'qolgan odamlar bor. Ularning aniq soni ma'lum emas.
Davlat ma'muriyati qutqaruv operatsiyasini o'tkazish va odamlarga zarur yordam ko'rsatish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solyapti. Hudud ma'muriyati harbiylardan yordam so'rab murojaat qildi. Qutqaruv ishlarida harbiy havo kuchlari, dengiz floti va qirg'oq qo'riqlash vertolyotlari ishtirok etmoqda. Ular fuqarolarni falokat zonasidan evakuatsiya qilishyapti, shuningdek, muhtojlarga oziq-ovqat yetkazib berishmoqda.
Tamilnadda uch kundan buyon yomg'ir yog'moqda. Bir qator hududlarda elektr va internet yo'q, yo'llar suv ostida qolgan, temir yo'l aloqalari uzilib qolgan, deb xabar beradi mir24.tv.