Qayd etilishicha, zilzila epitsentri Nepalning 9 mingga yaqin aholisi bo‘lgan Jumla shahridan 36 km janubi-sharqda va Hindistonning 182 mingga yaqin aholi istiqomat qiluvchi Bahraich shahridan 166 km shimoli-sharqda joylashgan.

Guvohlarga tayanib Reuters agentligi xabar berishicha, Hindiston poytaxti Nyu-Dehlida binolar silkingan.

AQSH Geologiya xizmati, o‘z navbatida, zilzila kuchini 5,6 ball, Hindiston seysmologiya markazi esa 6,4 ball deb baholagan.

Associated Press mamlakat rasmiylariga tayanib, Nepaldagi zilzila oqibatida kamida 128 kishi halok bo‘ldi, o‘nlab odamlar jarohatlandi deb xabar berdi.