Bosh vazir Hindistonning koinot tashabbuslari, jumladan, yaqinda amalga oshirilgan Chandrayaan-3 va Aditya-L1 missiyalari muvaffaqiyatini eslatib, yangi ulkan maqsadlarni belgilashni taklif qildi. Modi mamlakatning boshqariladigan koinot dasturi – Gaganyaan bo'yicha yig'ilishda bu borada ko'rsatmalar berdi, uning birinchi missiyasi 2025-yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Bosh vazir, shuningdek, hindistonlik olimlarni sayyoralararo missiyalar, jumladan, Veneraga orbital va Marsga qo'nish moduli yuborish ustida ishlashga chaqirdi.

Koinot tadqiqotlari departamenti, o'z navbatida, Oyni tadqiq qilish bo'yicha yo'l xaritasini ishlab chiqadi. Bunga Chandrayaan qator missiyalari, Next Generation Launch Vehicle (NGLV) yangi raketa tashuvchisini ishlab chiqish va yangi uchirish maydonchasi qurilishi kiradi, deb xabar beradi korrespodent.net.