Xalqaro mehmondoʻstlik kengashi va Hindistonning Xalqaro mehmonxonalar boshqaruvi institutlari tarmogʻi bilan hamkorlikda tashkil etilgan ushbu tadbirda mamlakatda faoliyat olib borayotgan turli mehmonxonalar boshqaruvchilari, mutaxassislar, sayyohlik operatorlari, Xalqaro mehmonxonalar boshqaruvi institutning Dehli filiali talabalari ishtirok etdi.

Oʻzbekiston elchisi tadbir ishtirokchilarini qutlar ekan, mamlakatlarimiz oʻrtasida turizm sohasidagi hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish uchun mavjud boʻlgan katta imkoniyatlar xususida atroflicha soʻz yuritdi. Shu oʻrinda pandemiya bilan bogʻliq koʻpgina cheklovlarning bugungi kunda bekor qilinganligi, Oʻzbekistonning dunyoga mashhur sayyohlik majmualari xorijlik sayyohlar uchun yana ochilgani, ikki mamlakat oʻrtasidagi toʻgʻridan-toʻgʻri aviaqatnovlar soni oshib borayotganligi alohida taʼkidlandi.

Shuningdek, yetakchi mehmonxonalar brendlari vakillarining eʼtibori Oʻzbekistonda xorijiy investorlar, xususan, turizm va mehmonxona sohasini rivojlantirish uchun taqdim etilayotgan imkoniyat va imtiyozlarga qaratildi.

“Xalqaro mehmondoʻstlik kuni”ga bagʻishlangan tadbir davomida Hindistonda faoliyat olib borayotgan mehmonxonalar vakillari orasidan turli yoʻnalishlardagi nominatsiyalar gʻoliblari eʼlon qilindi.

Maʼlumot tariqasida qayd etish joizki, “Xalqaro mehmondoʻstlik kuni” xalqaro mehmondoʻstlik kengashi va Hindistonning Xalqaro mehmonxonalar boshqaruvi institutlar tarmogʻi bilan hamkorlikda 2015-yildan buyon har yili oʻtkazib kelinadi.