Hindistonning Bixar shtatida shifoxonalar gavjum. Ikki kun ichida 400 kishi shifokorlarga murojaat qilishdi. Hindiston shimolida jazirama issiq tufayli 100 ga yaqin odam halok bo'ldi.
Hindiston shimolida deyarli ikki oy davomida g'ayritabiiy yuqori harorat hukmron. Uttar-Pradesh shtatida jazirama tufayli elektr ta'minoti uzilib qoldi. Elektr uzatish tarmoqlarida yuklama haddan tashqari ortib ketdi. Odamlar ventilyator va konditsionerdan foydalanish imkoniyatidan mahrum bo'lishmoqda.
Pokistonda havo harorati 50 darajadan oshdi. Ko'chalar bo'shab qolgan. Mahalliy korxonalar va bozorlar yopilmoqda. Aholi punktlarida maxsus lagerlar tashkil etilgan bo'lib, u yerda soyada o'tirish va suv ichish mumkin, deb xabar beradi mir24.tv.