Bu haqda Hindiston koinot tadqiqotlari tashkiloti  (ISRO) X ijtimoiy tarmog'ida xabar berdi.

Hindustan Times nashrining yozishicha, bu rentgen polarimetriya sun'iy yo'ldoshi – XPoSatning uchirilishi bilan bog'liq Hindistonning birinchi shunday missiyasidir. Ilgari bunday missiya AQSh tomonidan amalga oshirilgan.

The Times of India nashrining yozishicha, sun'iy yo'ldosh uskunasi taxminan 50 ga yaqin potensial koinot manbalardan keladigan rentgen nurlanishining qutblanishini o'lchaydi. Bunday tadqiqotlar qora tuynuklar, faol galaktik yadrolar va pul`sar shamol tumanliklarining tabiatini yaxshiroq tushunishga yordam berishi kutilmoqda, deb xabar beradi lenta.ru.