“Medveda” kompaniyasi 2019-yil tashkil etilgan boʻlib, qisqa davr ichida Birlashgan Arab Amirliklari, Armaniston, Gruziya va boshqa qator mamlakatlardagi taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda Hindiston tibbiyot universitetlarining boʻlimlarini ochish va shifoxonalar qurish boʻyicha qator loyihalarni amalga oshirib kelyapti.

A.Teotiya kompaniya Markaziy Osiyo mintaqasi davlatlari, xususan Oʻzbekiston bilan oliy taʼlim, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarish sohalarida hamkorlik oʻrnatish istagida ekanini bildirdi.

Xorijiy tadbirkor “Medveda” kompaniyasi respublikamizdagi tibbiyot universitetini tashkil etish, mavjud tibbiyot universitetlari va kollejlarini takomillashtirish, tibbiyot muassasalarini zamonaviy tibbiy uskunalar bilan jihozlash, kompleks taʼlimni tashkil etish maqsadida sunʼiy intellekt sohasiga ilgʻor axborot texnologiyalarini jalb etish, shuningdek, Oʻzbekiston hududida dori vositalari ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish yoʻnalishlarida birgalikda loyihalar amalga oshirishga qiziqish bildirdi, deb xabar beradi “Dunyo” AA.