Sinov tariqasida amalga oshirilgan ushbu tashuvlar Hindistondan Eronning Bandar Abbas portiga dengiz orqali hamda Bandar Abbas portidan Sergeli stansiyasiga qadar temir yoʻl transportida olib kelindi.
Konteynerlar Bandar Abbas portidan Saraxs stansiyasiga qadar Eron platformalarida u yerdan esa “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ qarashli platformalarga qayta yuklangan holda Turkmaniston orqali Oʻzbekistonga yetkaziladi.
20 ta 20 futlik konteynerlardan tashkil topgan yuk poyezdi umumiy temir yoʻl uzunligi 2673 km boʻlgan masofani 20 kunda bosib oʻtdi. Kelgusida tashish muddatini 15 kunga qisqartirish rejalashtirilgan.