Hindiston va Turkiyaga aviaqatnovlar uchun vaqtinchalik cheklovlar oʻrnatildi

    Salomatlik 8 May 2021 1243

    Tegishli tashlikotlar taklifini inobatga olgan holda mamlakatimizda koronavirus infeksiyasi tarqalishini jilovlash, unga qarshi kurashish boʻyicha olib borilayotgan ishlarni muvofiqlashtirish hamda ushbu infeksiyaning yangi shtammlarini yurtimizga kirib kelishini oldini olish maqsadida Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan kasallanish koʻrsatkichi yuqori boʻlgan ayrim davlatlar bilan oʻzaro aviaqatnovlarga quyidagi vaqtinchalik cheklovlar joriy qilindi:

    Istanbul shahridan Fargʻona, Urganch va Samarqand shaharlariga aviaqatnovlarni 2021-yil 5-maydan 1-iyunga qadar toʻxtatish;

    Hindiston va Turkiyaga sayyohlar uchun moʻljallangan barcha charter qatnovlarni joriy yil 10-maydan boshlab epidemiologik vaziyat barqarorlashgunga qadar toʻxtatish;

    Toshkent-Istanbul yoʻnalishida aviaqatnovlarni vaziyatdan kelib chiqib, joriy yil 10-maydan boshlab paritet asosida (talabdan kelib chiqib) kamaytirishga qaror qilindi.

    Sogʻliqni saqlash vazirligi
    Matbuot xizmati.