Hindistonda avtobusning daraga tushib ketishi oqibatida halok bo'lganlar soni 22 kishiga yetdi

    Hindiston shimolidagi Shiv Xori tumaniga ziyoratchilarni olib ketayotgan avtobus Shiva ibodatxonasi joylashgan daraga tushib ketishi oqibatida hayotdan ko'z yumganlar soni 22 kishiga yetdi, deya xabar beradi mahalliy hukumat.

    Avvalroq rasmiylar 19 kishi halok bo'lgani haqida xabar bergan edi.

    Noma'lum sababga ko'ra avtobus yo'ldan chiqib ketgan va chuqur daraga qulagan va voqea oqibatida 22 kishi halok bo'lgan, 60 ga yaqin kishi jarohatlangan. Jabrlanganlar mahalliy shifoxonalarga etkazilgan, deb xabar beradi tass.ru.

    Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi halok bo'lganlarning oila a'zolariga hamdardlik bildirib, jabrlanganlarning tezroq sog'ayib ketishini tiladi, moddiy yordam va'da qildi. “200 ming rupiy (taxminan 2400 dollar) avtobus halokati tufayli hayotdan ko'z yumgan har bir kishining yaqin qarindoshlariga beriladi, jabrlanganlarga 50 ming (taxminan 600 dollar) to'lanadi”, dedi u.