Hindistonda avtobusning daraga tushib ketishi oqibatida kamida 36 kishi hayotdan ko'z yumdi

    Hindiston shimolidagi Uttarakxand shtatida avtobusning daraga qulab tushishi oqibatida halok bo'lganlar soni 36 kishiga yetdi.

    Bu haqda NDTV telekanali xabar berdi.

    Avvalroq Times of India gazetasi tabiiy ofatlar bo'yicha tuman boshqarmasi xodimiga tayanib, Hindiston shimolidagi Marchula shahri (Uttarakxand shtati) yaqinida avtobusning daraga qulab tushishi oqibatida 23 kishi halok bo'lgani va 10 kishi jarohatlangani haqida xabar bergan edi.

    NDTV telekanali xabariga ko'ra, 45 o'rinli avtobus haydovchisi tog'li yo'lning qiyin qismida boshqaruvni yo'qotib qo'ygan va mashina taxminan 200 metr balandlikdan tubsizlikka qulagan.

    Qayd etilishicha, jabrlanganlar yaqin atrofdagi shifoxonalarga yetkazilgan. Kamida besh kishi hamon bedarak yo'qolgan.

    Voqea joyida qutqaruv ishlari davom etmoqda, deb xabar beradi ru.apa.az.