Bu haqda Chatra tuman politsiya boshqarmasi xabarida aytiladi.
Samolyot baxtsiz hodisa oqibatida tanasining 60 foizdan ortiq qismi kuygan 41 yoshli erkakni Nyu-Dehliga olib ketayotgan edi. Halokat oqibatida hayotdan ko'z yumgan boshqa odamlar orasida ikki nafar uchuvchi, ikki nafar tibbiyot xodimi va erkakka hamrohlik qilgan ikki nafar yo'lovchi bor edi.
Avvalroq Hindiston fuqaro aviatsiyasi bosh boshqarmasi Redbird Airways aviakompaniyasining Beechcraft C90 samolyoti Ranchi shahridan Nyu-Dehliga uchgani haqida xabar bergan edi. Parvoz boshlanganidan taxminan 23 daqiqa o'tgach, ekipaj bilan aloqa uzildi va samolyot radarlardan g'oyib bo'ldi. Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, halokat noqulay ob-havo sharoitida sodir bo'lgan. Halokat yuzasidan tergov boshlandi, deb xabar berdi report.az.