Hindistonda kuchli yog'ingarchilik: 30 nafardan ortiq kishi halok bo'ldi

    Hindiston shimolida kuchli yog'ingarchilik oqibatida 30 nafardan ortiq kishi halok bo'ldi. Bu haqda The Times of India nashri xabar berdi.

    Gazetaga ko'ra, vafot etganlardan tashqari, dam olish kunlari kuchli yog'ingarchilik kuzatilgan shimoliy to'rt shtat – Rajasthan, Ximachal-Pradesh, Uttar-Pradesh va Panjobda kamida sakkiz kishi bedarak yo'qoldi.

    Panjobda oilaning 12 a'zosini to'yga olib ketayotgan avtomobilni daryo yuvib ketishi oqibatida 9 nafar yo'lovchi halok bo'ldi. Janubda, Bxaratpurda, Banganga daryosi yaqinida ijtimoiy tarmoqlar uchun suratga tushgan yetti nafar yoshlar suvga tushib ketdi, ularning ustiga tuproq o'pirilib tushishi oqibatida vafot etishdi. Jxunjxunu shahridagi yomg'irdan so'ng hosil bo'lgan ko'lmakda uch kishi loyga botib, cho'kib halok bo'ldi.

    Rekord 380 millimetr yog'ingarchilik tufayli suv toshqini yuz bergan Karauli hududida qo'shni binoning bir qismining uy ustiga qulashi oqibatida bir kishi va uning 10 yoshli o'g'li halok bo'ldi.

    So'nggi haftalarda yog'ayotgan kuchli yomg'ir Hindistonning turli hududlarida yirik suv toshqinlari, ko'chkilar va binolar, yo'llar va ko'priklarning vayron bo'lishiga olib keldi, deb xabar beradi tass.ru.