“Hindiston harbiy-havo kuchlarining Mirage 2000 samolyoti bugun Shivpuri (Gvalior) yaqinida rejalashtirilgan mashg'ulot parvozi chog'ida tizimdagi nosozlikga duch kelganidan so'ng halokatga uchradi. Ikkala uchuvchi ham eson-omon chiqarib yuborildi”, deb xabar berdi mamlakat harbiy-havo kuchlari ijtimoiy tarmoqda.
Ularning qayd etishicha, harbiy-havo kuchlari halokat sabablarini aniqlash uchun tergov o'tkazishni buyurgan.
Mirage 2000 – 1970-yillarda Dassault Aviation firmasi tomonidan ishlab chiqilgan Fransiyaning to'rtinchi avlod ko'p maqsadli qiruvchi samolyoti. Ochiq ma'lumotlarga ko'ra, Hindiston harbiy-havo kuchlarida 48 ta shunday samolyot bor, deb xabar beradi ria.ru.