Kamida ikkita o'lim holati qayd etildi va shahar hokimiyati fuqarolarni ehtiyot bo'lishga va jamoat joylarida niqobsiz yurmaslikka chaqirmoqda.
“Vaziyatni tahlil qilish va Nipax virusi infeksiyasiga qarshi kurashda shtat hukumatiga yordam berish uchun Keralaga ekspertlar guruhi yuborildi”, dedi Hindiston Sog'liqni saqlash vazirligi rahbari Mansukx Mandaviya.
OAV ma'lumotlariga ko'ra, hozirda marhumlardan birining yaqinlari infeksiya alomatlari bilan jonlantirish bo'limida yotibdi. Shifokorlar epidemiyaning ehtimoli borligini inkor etishmoqda, chunki o'limga olib kelish ehtimoli yuqori ekaniga qaramay, kasallik global xavf tug'dirmaydi, chunki u juda sekin tarqaladi.
2018-yilda Hindistonda Nipax virusi oqibatida 17 kishi hayotdan ko'z yumgan bo'lsa, o'tgan yili bir bolaning o'limi rasman tasdiqlangan edi. Ko'pgina yuqumli kasalliklardan farqli ravishda, Nipax virusi miyaga ta'sir qiladi va kasallikning boshidanoq kuchli bosh og'rig'ini yuzaga keltiradi, deb xabar beradi aif.ru.