Oʻzbekistonlik yoshlarning chiqishi mazkur oliy bilim yurtida tahsil olayotgan 80 dan ortiq davlat vakillari tomonidan olqishlar bilan kutib olindi.
- Mazkur tadbir turli xalqlarning milliy qadriyatlari va madaniy merosi namunalarini taqdim etish uchun qulay imkoniyat boʻlishi bilan bir vaqtda talaba yoshlar oʻrtasidagi birlik, doʻstlik va oʻzaro anglash ruhini mustahkamlashga ham xizmat qildi, — deydi universitet 2-kurs talabasi Nafosat Shokirjonova. – Unda Oʻzbekiston jamoasi faol ishtirok etdi. Turli davlat va millat vakillari jamlangan davrada davlatimiz madhiyasini kuylash bizga cheksiz gʻurur bagʻishladi.
Mamlakatimiz yoshlari Hindistonning yetakchi universitetlaridan birida tashkil etiladigan har bir tadbirda Yangi Oʻzbekiston hayotida amalga oshirilayotgan tarixiy yangilanish jarayoni mazmun-mohiyati va ahamiyatini keng targʻib qilishga intilyapti, deb xabar beradi “Dunyo” AA.