Halokat chorshanba oqshomida yuz bergan. Politsiya ma'lumotlariga ko'ra, poezdning 23 ta vagonidan 12 tasi relsdan chiqib ketgan, ulardan uchtasi ag'darilib, qo'shni yo'lni to'sib qo'ygan.
“To'rt kishi halok bo'ldi. Jarohatlangan yo'lovchilar soni 40 nafar. Halokat sabablari tegishli tekshiruvdan so'ng ma'lum bo'ladi”, dedi Sharqiy-markaziy temir yo'l bosh direktori Tarun Prakash.
Uning so'zlariga ko'ra, hozirda yo'llarni tartibga keltirish ishlari olib borilmoqda. Prakashning ta'kidlashicha, vaziyat yaxshilanmaguncha ushbu yo'nalishda qatnovchi poyezdlar yo'nalishi o'zgartiriladi.
Shtat ma'muriyatiga ko'ra, jarohatlanganlar halokat yuz bergan joyga yaqin joylashgan shifoxona va poliklinikalarga yuborilgan, deb xabar beradi az.sputniknews.ru.