Voqea Vadorada shahri yaqinida sodir bo'lgan. Bir guruh maktab o'quvchilari Xarni ko'lida sayr qilishayotgan edi. Qayiq harakatlanayotgan chog'da ag'darilib ketgan.
Mahalliy hokimiyatning ma'lumotlariga ko'ra, hodisa vaqtida qayiqda 34 kishi, jumladan, 27 nafar bola bo'lgan. Voqea joyida qutqaruvchilar ishlamoqda. Hodisa qurbonlari soni 16 nafarga yetdi, ulardan 14 nafari maktab o'quvchisi va 2 nafari o'qituvchi. Kamida 10 nafar o'quvchi qutqarib olindi.
Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi va Gujarat bosh vaziri Bxupendra Patel qurbonlarning yaqinlariga hamdardlik bildirdi. Markaziy va mintaqaviy hukumat ularga jami 600 ming rupiy (7,2 ming dollar) miqdorida tovon puli e'lon qildi, deb xabar beradi tass.ru.