Qoplon sud binosi yaqinida joylashgan o'rmondan kelgan. Ichkaridagi odamlar uni ko'rgach, baqirib, undan qocha boshlagan.

“Sud zalida betartiblik va notinchlik hukm surdi, odamlar yashirinishga joy izlab qochib ketishdi, advokatlar o'z xonalariga qamalib olishdi”, deb yozadi gazeta.

Vahimadan yirtqichning tajovuzkorligi oshdi hamda olti kishini jarohatladi. Bir necha soatdan so'ng, o'rmon departamenti mutaxassislari yetib kelib, qoplonni zararsizlantirishdi. Yirtqich o'zining tabiiy yashash joyiga qaytariladi. Jarohatlanganlar kasalxonaga yotqizildi, deyiladi mir24.tv, saytida.