Yevropa-O'rtayer dengizi seysmologiya markazi (EMSC) ma'lumotlariga ko'ra, Hindistonda 5,5 magnitudali zilzila sodir bo'ldi.

Zilzila o'chog'i 55 mingga yaqin aholi istiqomat qiladigan Karimganj shahridan 18 kilometr shimoli-g'arbda, 10 kilometr chuqurlikda joylashgan.

Qurbonlar va vayronagarchiliklar haqida ma'lumot yo'q, deb xabar beradi ria.ru.