OAV Afg'onistonda samolyot halokati haqida xabar bermoqda.

Ayrim ma'lumotlarga ko'ra, bu «Gazpromavia»ning Falcon 10B (RA-09011)  samolyoti bo'lib, Hindistonning Gaya shahridan Toshkentga uchayotgan bo'lgan.

Biznes-djet ekipaji Gaya (Hindiston) – Toshkent (yoqilg'i quyish) – Jukovskiy (Moskva) yo'nalishi bo'yicha parvoz qilayotgan edi. Tojikistonning Ko'lob aeroportiga yaqinlashganda radarlardan g'oyib bo'lgan.

Еkipaj 19.05 da favqulodda yoqilg'i qolgani va Ko'lob aerodromiga qo'nishga qaror qilingani haqida xabar bergan. Keyinchalik, bitta, keyin esa ikkinchi dvigatelning ishdan chiqqani aytilgan. Samolyot bortida 8 kishi — 4 yo'lovchi va 4 ekipaj a'zosi bo'lgan.