Maxsus komissiya qaroriga koʻra, Hindistonda yuzaga kelgan epidemiologik vaziyat munosabati bilan 2021-yil 18-iyundan boshlab “Uzbekistan Airways” kompaniyasi haftaning juma kunlari amalga oshirilayotgan Toshkent-Dehli-Toshkent yoʻnalishi boʻyicha aviaqatnovlarni bekor qildi.

Yoʻlovchilarga bekor qilingan qatnov aviachiptasi uchun pul mablagʻlarini qaytarib olish taklif etilmoqda.

“Uzbekistan Airways” yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr soʻragan.