U har kuni o'zining Royal Enfield Himalayan mototsiklida 350 kilometrga yaqin masofani bosib o'tdi.
Rekord hisobga olinishi uchun u bir nechta talablarni bajarishi kerak edi: shu jumladan bir yo'lni ikki marta kesib o'tmaslik.
Dastlab, rekordchi Yerning to'rtta aylanasiga teng bo'lgan 160 000 kilometr masofani bosib o'tishni rejalashtirgan edi, ammo belgilangan marraga 20 000 kilometrga yaqin masofa yetmay qoldi.
Hindistonlik bayker o'z yutug'ini isbotlash uchun 20 000 dan ortiq fotosuratlar, 5 000 dan ortiq videolar, GPS ko'rsatkichlari bo'lgan 458 ta fayl, guvohlarning 460 ga yaqin xatlari, texnik xizmat ko'rsatish uchun to'lovlar va ommaviy axborot vositalaridagi maqolalarni taqdim etdi. Rekordning ma'lumotlar bazasi olti terabaytdan ortdi, deb xabar beradi techcult.ru.