Dastlab fermer Shradxanand oʻz xonasida uxlashga yotgan paytda polda ilon bolasi oʻrmalab yurganini koʻradi. Ilonchani tutib, uydan chiqarib tashlaydi. Ammo ichkariga kirgan erkak karavotida yana bir nechta sudralib yuruvchilarni koʻradi.

Fermer ilonlarning buzilgan konditsioner ichidan chiqayotganini tushunadi va boshqa oila aʼzolarini yordamga chaqiradi.

Qarindoshlari bilan konditsioner qopqogʻini ochgan Shradxanand uning ichidan yana 36 ta sudralib yuruvchini chiqarib oladi. Qarindoshlari va qoʻshnilari yordamida hamma ilonlarni qopga solib, yaqin hududda joylashgan oʻrmonga olib borib tashlaydi.

Ekspertlarning fikricha, ilon uzoq vaqt mobaynida ishlatilmagan konditsioner ichiga tuxum qoʻygan boʻlishi mumkin.

Ushbu xabar qishloqda tez tarqalib, mahalliy aholi oʻrtasida vahima uygʻotadi.