Bu boʻyicha Prezidentning “Davlat auditi va moliyaviy nazorati faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmoni (PF–252-son, 18.12.2025-y.) qabul qilindi.

Farmonga koʻra, hisob palatasi faoliyati quyidagi shartlarda tashqi baholashdan oʻtkaziladi:

  • organlarining xalqaro tashkiloti (INTOSAI) va boshqa xalqaro darajada tan olingan tashkilotlar metodologiyalari asosida;
  • kelishuv doirasida xalqaro tashkilotlar yoki xorijiy davlatlarning oliy audit organlari tomonidan;
  • mustaqil baholash jarayonini tashkil etish, faoliyati boʻyicha barcha maʼlumotlarni taqdim etish, natijalarini jamoatchilik uchun eʼlon qilish.

Hisob palatasiga quyidagi auditlarni oʻtkazishni yoʻlga qoʻyishga ruxsat etiladi, jumladan:

  • xalqaro moliya institutlari hamda xorijiy hukumat moliya tashkilotlari murojaatlari va texnik topshiriqlari asosida ularning mablagʻlari hisobidan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan loyihalarning moliyaviy auditi;
  • xalqaro tashkilotlarning tanlovlarida ishtirok etish yoki oʻzaro kelishuvlar orqali ularning faoliyati, loyihalari va dasturlari auditi.