Hukumat tomonidan 698-son qarori bilan elektr energiyasi, tabiiy gazni, ichimlik va issiq suvni hisobga olish uskunalarini (hisoblagichlarni) echish, qiyoslashdan o'tkazish va o'rnatish bo'yicha reglamentlar tasdiqlangan.
Qoidaga muvofiq, jismoniy shaxslar va yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslar hisobga olish uskunalarini ta'mirlash yoki yangisiga almashtirish xarajatlari tegishlicha hududiy elektr tarmoqlari korxonalari, gaz ta'minoti tashkilotlari, suv ta'minoti yoki hududiy issiqlik ta'minoti korxonalari mablag'lari hisobidan qoplanadi.
Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeks 215-5-moddasiga ko'ra, davlat xizmatlari ko'rsatish sohasidagi qonunchilikni buzish uchun ma'muriy javobgarlik belgilangan. Shunga ko'ra bu sohada ta'minotchi korxonalar xodimlari tomonidan yuqoridagi reglamentlar talablariga rioya etilmaslik, hisoblagich uchun ortiqcha mablag' undirish kabi holatlari aniqlanganda Adliya vazirligi 1008 va 1148 ishonch telefoni raqamlariga yoki info@adliya.uz elektron pochtaga murojaat qilish mumkin, deyiladi davlat xizmatlari yangiliklari kanalida.
Hisoblagichlar kim tomonidan ta'mirlanishi kerak?
Hisoblagichlarda nosozlik paydo bo'lsa xizmat ko'rsatuvchi korxona tomonidan ta'mirlashi eslatildi. Buning uchun aholidan pul olish javobgarlikka sabab bo'ladi.
Nepalda ko‘chki oqibatida 95 kishi halok, yuzlab odam bedarak yo‘qoldi
- Oʻzbekiston global suv inqirozi sharoitida oʻz tajribasini taqdim etdi
- Saida Mirziyoyeva Pekin shahrida Xitoy Kommunistik partiyasi tarixi muzeyida bo‘ldi
- Saida Mirziyoyeva Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I bilan ham uchrashdi
- Oʻzbekistonda 2 423 MVt quvvatga ega energetika obyektlari ishga tushirildi
- Namanganda 18 MVt quvvatga ega ikki kichik GES ishga tushirildi
Samarqandda tez yordam mashinasiga yo‘l bermagan «Mercedes-Benz» haydovchisi jarimaga tortildi
- Barcha turdagi jarimalar miqdori o‘rtacha 2 barobar kamaytiriladi
- Joriy yilgi minimal o‘tish ballari ma’lum bo‘ldi
- 2026/2027-o‘quv yili uchun mandat natijalari e’lon qilindi
- “Afrosiyob” poyezdida unutib qoldirilgan barsetka egasiga qaytarildi
- "Yangiobod" qulayroq, xavfsizroq va shinamroq bozorga aylantiriladi