Hukumat tomonidan 698-son qarori bilan elektr energiyasi, tabiiy gazni, ichimlik va issiq suvni hisobga olish uskunalarini (hisoblagichlarni) echish, qiyoslashdan o'tkazish va o'rnatish bo'yicha reglamentlar tasdiqlangan.
Qoidaga muvofiq, jismoniy shaxslar va yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslar hisobga olish uskunalarini ta'mirlash yoki yangisiga almashtirish xarajatlari tegishlicha hududiy elektr tarmoqlari korxonalari, gaz ta'minoti tashkilotlari, suv ta'minoti yoki hududiy issiqlik ta'minoti korxonalari mablag'lari hisobidan qoplanadi.
Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeks 215-5-moddasiga ko'ra, davlat xizmatlari ko'rsatish sohasidagi qonunchilikni buzish uchun ma'muriy javobgarlik belgilangan. Shunga ko'ra bu sohada ta'minotchi korxonalar xodimlari tomonidan yuqoridagi reglamentlar talablariga rioya etilmaslik, hisoblagich uchun ortiqcha mablag' undirish kabi holatlari aniqlanganda Adliya vazirligi 1008 va 1148 ishonch telefoni raqamlariga yoki info@adliya.uz elektron pochtaga murojaat qilish mumkin, deyiladi davlat xizmatlari yangiliklari kanalida.
Hisoblagichlar kim tomonidan ta'mirlanishi kerak?
Hisoblagichlarda nosozlik paydo bo'lsa xizmat ko'rsatuvchi korxona tomonidan ta'mirlashi eslatildi. Buning uchun aholidan pul olish javobgarlikka sabab bo'ladi.
Aichi–Nagoya–2026: O‘zbekiston delegatsiyasi 42 sport turida yurt sharafini himoya qiladi
- Naqshbandiylik an’anasi: tinchlik va bag‘rikenglik g‘oyalari xalqaro konferensiyada
- Toshkent osmonida yorqin obyekt kuzatildi
- O‘zbekistonda xorijiy korxonalar qaysi sohalarda faoliyat yuritmoqda?
- Kontrakt toʻlovlarini amalga oshirish muddati 15-oktabrgacha uzaytirildi
- Saida Mirziyoyeva: Prezidentimiz bilan birga Qoraqalpog‘istondagi qator obyektlarda bo‘ldik
Oqqo‘rg‘on dalalarida yangi usul — yuqori hosil samarasi
- «Xumo» fermer xo‘jaligi rahbari: «Ilmga yondashsak, kam bo‘lmaymiz»
- Suyultirilgan gaz taʼminoti: tizimga xususiy sektor kirib kelmoqda
- Pedagoglar malaka toifasini olish uchun necha ball toʻplashi kerak?
- Qidiruvdagi shaxs ayollarni terrorchilik tashkilotlariga jalb qilgani aytilmoqda
- Kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha ishlar yangicha tashkil etiladi