Holat yuzasidan Favqulodda vaziyatlar vazirligi maʼlumot berdi.
Taʼkidlanishicha, shu yilning 10-iyun kuni Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida joylashgan “Hisorak GES” UK boshqarmasiga qarashli “Hisorak” suv ombori toʻgʻonining chap tarafidan qoʻshimcha tunnel ochish maqsadida olib borilayotgan muhandislik texnik tadbirlari vaqtida suv sizib chiqishi holati kuzatilgan.
Avariya oqibatini bartaraf etish maqsadida “Oʻzbekgidroenergo” AJ boshqaruvi raisi rahbarligida viloyat Hokimi, FVB, IIB boshliqlari va boshqa mutasaddi tashkilotlardan iborat tezkor shtab tuzilib, maxsus texnikalar yordamida barcha zarur muhandislik tadbirlar olib borilmoqda.
Vaziyat Favqulodda vaziyatlar vazirligi nazoratida. Suv omboriga shikast yetmagan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok boʻlganlar yoʻq.
Hurmatli fuqarolar ortiqcha xavotirga oʻrin yoʻq. Vaziyat toʻliq nazoratga olingan.