«Hl Technology» kompaniyasi O‘zbekistonga 10 million dollarlik investitsiya kiritadi

    Investitsiyalar 12 Yanvar 2024 665

    «O‘zcharmsanoat» uyushmasi raisi Faxriddin Boboev XXRning «Hl Technology» kompaniyasi vakillari bilan muloqot o‘tkazdi.

    Uchrashuvning asosiy mavzusi mamlakatimizda charmsanoat, qurilish, mebelsozlik va avtomobilsozlik sanoati uchun zarur bo‘lgan yelim xom ashyosini ishlab chiqarish bo‘yicha investitsiya loyihasini amalga oshirish masalasi bo‘ldi.

    Ma’lumot uchun: «Hl Technology» kompaniyasi Xitoyning Isin shahrida joylashgan. Asosan, yelim, akupunktur yopishtiruvchi paxta, to‘qilmagan mato, sun’iy mo‘yna, kimyoviy moddalar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. Kompaniya ilmiy tadqiqotlar markazi, ishlab chiqarish va sotuv tarmoqlarini o‘z ichiga qamrab olgan. Yillik ishlab chiqarish quvvati 10 000 tonnani tashkil etadi. O‘zbekistonda Farg‘ona, Samarqand viloyatlaridagi korxonalar bilan yaqin hamkorlik aloqlarini yo‘lga qo‘ygan.

    Muloqotda kompaniya menejeri Jun Shao O‘zbekistonda so‘ngi yillarda ishlab chiqarish salohiyatining ortayotgani, xalqaro bozorda mamlakatimiz mahsulotlariga talabni yuqoriligi, hukumat tomonidan ko‘rsatilayotgan amaliy ko‘mak Xitoylik investorlarni mamlakatimizga sarmoya kiritishga qiziqishini oshirayotganini takidladi.

    Muzokarlarda «Hl Technology» kompaniyasi O‘zbekistonda sanoat tarmoqlari uchun zarur bo‘lgan yelim va formalin xom ashyosini ishlab chiqarish bo‘yicha yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish tashabbusini bildirdi. Loyihaning dastlabki qiymati 10 million dollarni tashkil etadi, deb xabar beradi «O‘zcharmsanoat» uyushmasi matbuot xizmati.

    Qayd etish kerak, 2023-yilda O‘zbekiston sanoat korxonalari umumiy miqdorda 31 million dollarlik yelim xom ashyosini xorijdan import qilgan. Ushbu loyihaning hayotga samarali amalga oshirilishi natijasida kamida 50 foiz ichki bozor talabi qoplanishiga erishiladi.